"Barselona" hujumchisi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi

  • 12 fevral, 12:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Robert Levandovski bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kelishib oldi, deb xabar bermoqda Fabritsio Romano. 
 
Taniqli insayderning ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar polshalik forvard bilan 2026 yilning yozigacha bo‘lgan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib olgan. 
 
Bir necha kun oldin mashhur manbalar, Flik shogirdining o‘yinidan qoniqish hosil qilmayotgani, klubni uni sotishga tayyorligi haqida mish-mishlar tarqalayotgan edi. Shu bilan birga, klub mutasaddilari, yozgi transferlar oynasida "Nyukasl Yunayted" hujumchisi Aleksandr Isakni Robertga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 36 yoshli forvard "ko‘k-anorranglilar" safiga 2022 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Ushbu davr davomida futbolchi 128 ta bellashuvda ishtirok etib, 90 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!