
"Barselona" himoyachisini hamshahariga ijaraga berdi
So‘nggi paytlarda "Barselona"ning zaxirasida qolib ketayotgan ispaniyalik himoyachi Erik Garsiya faoliyatini La Liganing boshqa bir klubida davom ettiradi.
"Ko‘k-anorranglilar" uni bir mavsumga ijaraga berdi. Bitimda sotib olish bandi yo‘q. Fulbek kelasi mavsum yozda Kataloniya klubiga qaytadi.
Joriy mavsumda Garsiya La Ligada 2 uchrashuvda jami 56 daqiqa harakat qilgandi.
Fikrlar