
"Barselona" futbolchisining koronavirusga topshirgan testi 26 marta musbat natija berdi
"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto ikki oydan buyon maydonga qayta olmayapti. Avvaliga, u jarohat olgan, keyinchalik koronavirus yuqtirgan. Bu haqda "Football-Espana" xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi noyabr oyida o‘ng oyog‘i mushagidan shikastlangandi. Keyin virusga topshirgan testlarining 26 tasi musbat natija berdi. Faqatgina 27-test salbiy natija ko‘rsatgan.
Roberto 2020 yil 21 noyabridan 2021 yil 31 yanvarigacha maydonga tushmagan. 31 yanvarda jamoa Ispaniya chempionati 21-turidan o‘rin olgan "Atletik"ka qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan.
Fikrlar