"Barselona" futbolchisi "Real" ustidan 4:0 hisobida qozonilgan g‘alaba haqida: Bu faoliyatimdagi eng yaxshi g‘alaba

  • 15 noyabr, 2024, 15:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Mark Kasado Ispaniya chempionati doirasida “Real” ustidan qozonilgan dahshatli g‘alabani esladi.

Tecno

“Ko‘k-anorranglilar” 4:0 hisobida zafar quchdi. "Barselona" kuchli raqibga qarshi o‘yinda o‘z darajasini yaqqol ko‘rsatdi. Bu mening faoliyatimdagi eng yaxshi g‘alabami? Ehtimol, ha. "Real" maydonida 4:0 hisobida g‘alaba qozonish "Barselona" tarbiyalanuvchisi uchun har doim o‘zgacha tuyuladi", - dedi 21 yoshli futbolchi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Kataloniya grandi 13 turdan so‘ng 33 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Flik shogirdlari ikkinchi o‘rindagi "Real Madrid"dan 6 ochko oldinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!