“Barselona” futbolchisi jamoadan ketishi mumkin

  • 5 iyul, 2022, 16:17
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Niko Gonsales Kataloniya klubini tark etishi mumkin.

Tecno

“Ko‘k-anorranglilar” safiga Frank Kessining kelishi 20 yoshli futbolchining o‘yin vaqtiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ayni paytda Buskets, Gavi, Pedri, Frenki de Yong, Kessi va Gonsales asosiy tarkibdagi uchta o‘rin uchun kurash olib borishadi.

“Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, yosh futbolchi yangi mavsumda “Barsa”ning asosiy tarkibiga kira olishiga ishonmayapti. Shu bois, Niko keyingi mavsumni boshqa jamoada boshlashi ehtimoli bor.

Ayni paytda yosh yarim himoyachiga "Marsel" va La Liganing bir qator jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Gonsales o‘tgan mavsumda “Barselona”ning barcha musobaqalar doirasidagi 27 ta o‘yinda maydonga tushgan, biroq na gol, na assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!