
"Barselona" futbolchisi EChLda gol urgan tarixdagi eng yosh futbolchi bo‘ldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi kecha EChL guruh bosqich so‘nggi turida safarda "Inter"ni 2:1 hisobida engdi
Shu kuni “ko‘k-anor ranglilar” safidagi gollarning biriga yosh iqtidorli hujumchi Ansu Fati mualliflik qildi. E’tiborlisi, 17 yosh 40 kunlik bo‘lgan Fati EChL tarixida gol urgan eng yosh futbolchi sifatida qayd etildi. U bu borada 1997 yil “Olimpiakos” futbolchisi Piter Ofori-Kuaye tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi.
Quyida Chempionlar ligasi tarixida gol urgan eng yosh futbolchilar o‘nligi bilan tanishtirib o‘tamiz:
1.17 yosh 40 kun: Ansu Fati («Internatsionale» - «Barselona» 1:2, 10.12.2019);
2.17 yosh 195 kun: Piter Ofori-Kuaye («Rusenborg» - «Olimpiakos» 5:1, 01.10.1997);
3.17 yosh 216 kun: Mateo Kovachich («Dinamo» Zagreb - «Lion» 1:7, 07.12.2011);
4.17 yosh 218 kun: Sesk Fabregas («Arsenal» - «Rusenborg» 5:1, 07.12.2004);
5.17 yosh 218 kun: Boyan Krkich («Shalke-04» - «Barselona», 01.04.2008);
6.17 yosh 241 kun: Martin Kleyn («Panatinaikos» - «Sparta» Praga, 27.02.2002);
7.17 yosh 263 kun: Brel Embolo («Bazel» - «Ludogorets», 04.11.2014);
8.17 yosh 300 kun: Aron Remzi («Fenerbaxche» - «Arsenal» 2:5, 21.10.2008);
9.17 yosh 322 kun: Karim Benzema («Lion» - «Rusenborg» 2:1, 06.11.2005);
10.18 yosh 44 kun: Aleks Oksleyd-Chemberlen («Arsenal» - «Olimpiakos» 2:1, 28.09.2011).
Fikrlar