
"Barselona" Firponi 18 mln evroga sotib oldi
"Barselona" klubi "Betis" chap qanot ximoyachisi Xunior Firponi sotib olganini rasman e’lon qildi.
22 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzildi.
Kataloniyaliklarga ushbu transfer 18 mln evroga tushdi va 12 mln evro bonuslar ham to‘lashi mumkin bo‘ladi.
Shartnomada Firponing narxi 200 mln evro qilib, belgilab qo‘yildi.
Fikrlar