
“Barselona” Dembele muammosi bo‘yicha bir qarorga keldi
“Barselona” rahbariyati frantsiyalik legioner Usmon Dembele atrofida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha bir qarorga keldi.
Hujumkor futbolchi yakunlanayotgan shartnomasini uzaytirmagani bois klub prezidenti Joan Laporta Dembeleni “Barselona” uchun o‘ynamasligini talab qilgandi. Bosh murabbiy Xavi Ernandes esa, agar o‘yinchi boshqa klubga o‘tmasa, shartnomasi tugagunicha uning xizmatlaridan foydalanish kerakligini ta’kidladi.
Mana shu masala klub xo‘jayini va bosh murabbiy tortishuviga sabab bo‘ldi.
Klub rahbariyati tomonlar ishtirokidagi o‘zaro uchrashuvda Dembeleni mavsum oxirigacha olib qolishga va uning shartnomasini muddatidan avval bekor qilmaslikka qaror qildi. Shuningdek, futbolchining xizmatidan qancha va qay shaklda foydalanishni Xavining o‘zi hal qiladigan bo‘ldi.
Usmon Dembelening transferi kataloniyaliklarga 135 million evroga tushgan. Ko‘p jarohat olayotgan o‘yinchi joriy mavsumda oltita uchrashuvda qatnashib, bir juft golli pas oshirdi.
Fikrlar