
"Barselona" de Ligt uchun kurashdan chiqdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligtni sotib olish fikridan qaytdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra kataloniyaliklar 19 yoshli gollandiyalik futbolchini sotib olish uchun sarflanadigan xarajatlarni hisoblab chiqishgan va buni amalga oshirmaslikka qaror qilishdi.
Gap shundaki, ularning hisob-kitobiga ko‘ra de Ligtning maoshi, bonuslar, transfer narxi, agenti Mino Rayolaga to‘lanadigan xizmat haqi umumiy hisobda 200 mln evroni tashkil etgan.
Endi de Ligt uchun PSJ va “Yuventus” o‘zaro kurashni davom ettirishadi.
Fikrlar