
“Barselona” chempionlikni qo‘lga kiritgandan so‘ng, muxlislar Messining ismini aytib hayqirishdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Espanol”ni mag‘lub etdi va muddatidan avval joriy mavsum Ispaniya chempioniga aylandi. "Ko‘k-anorranglilar" muxlislari o‘z sevimlilarining g‘alabasini ishtiyoq bilan nishonladi. Shahar ko‘chalarida o‘tkazilgan bayram chog‘ida muxlislar PSJ hujumchisi Lionel Messi nomini hayqiriq bilan aytishdi.
Avvalroq Evropa matbuotida 35 yoshli argentinalik futbolchining jamoaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Messi "Barselona" akademiyasini bitirgan va 2005 yildan 2021 yilgacha Kataloniyanig asosiy jamoasida o‘ynagan.
2021 yilning yozidan buyon Lionel Frantsiyaning PSJ klubida o‘ynamoqda. Forvardning mehnat shartnomasi iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar