"Barselona" Chempionlar Ligasi favoriti emas!"

  • 10 sentabr, 2021, 15:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero jamoaning sovrinlar uchun kurashish imkoniyati haqida fikr bildirdi:

Tecno

"Barsa" - bu "Barsa", shuning uchun ham bir har bir titul uchun kurash olib borishimiz lozim. Biz Chempionlar Ligasi favoriti emasmiz. Biroq raqiblar bizni hurmat qiladi.

Har safar "ko‘k-anorranglilar"ga qarshi o‘ynaganimizda, hatto bu ularning eng kuchsiz paytlari bo‘lsa ham o‘zimizga-o‘zimiz: "Bu "Barselona", der edik. Balki EChLda ko‘pchilik bizdan ko‘p narsa kutmas, biroq ehtiyot bo‘ling!",-deya argentinalik hujumchi so‘zlarini RAC1 keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Aguero "Manchester Siti"dagi 10 yillik faoliyatidan keyin erkin agenti sifatida Kataloniyaga ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!