
“Barselona” birinchi transferni tanladi
“Barselona” murabbiylar shtabi kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibini kuchaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Todofichajes nashriga ko‘ra, kataloniyaliklar nishoniga “Jirona” himoyachisi Arnau Martines tushgan. Xavi Ernandes bu transfer yozda amalga oshirilishini istayapti.
20 yoshli Arnau “Jirona” tarkibida 2021 yildan beri to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi.
Agar klub mutasaddilari iste’dodli futbolchini yangi shartnomaga ko‘ndira olmasa, Arnauni yozda sotib yuborishga to‘g‘ri keladi.
Martinesning transferi 15 million evroni tashkil qilishi ham kataloniyaliklarni qoniqtiryapti.
Fikrlar