
"Barselona" "Bavariya" vingeriga qiziqish bildirmoqda
"Bavariya" vingeri Leroy Sane faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. U jamoani tark etishi kutilayotgan Usmon Dembelega o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi "SPORT" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, "Barsa" yana bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida "Atletiko"dan Yannik Karrasko va erkin agent bo‘lib turgan Aleksis Sancheslar ham bor.
Agarda PSJ Dembeleni 50 million evrolik tovon pulini faollashtira olmasa ham kurashdan chiqib ketmaydi. Klub "Barsa"ga rasmiy taklif bilan chiqish niyatida.
Fikrlar