
"Barselona" "B" rejasini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
Messi bilan shartnoma imzolay olmagan "Barselona" "B" rejasini ishga tushirmoqchi.
Ma’lum bo‘lishicha, "ko‘k-anorranglilar" endilikda "Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva bilan shartnoma imzolash ustida ish olib boradi. Klubni ayrim futbolchilar tark etgan taqdirda, ushbu bitim amalga oshish ehtimoli yuqori.
O‘z navbatida portugal ham katalon klubining taklifini qabul qilishga tayyorligi haqida xabarlar chiqmoqda.
Bilasiz, "Barsa" ancha vaqtdan buyon Bernarduni o‘z safiga qo‘shib olish ustida jiddiy bosh qotirmoqda. O‘tgan qishda ham ushbu xarid amalga oshishi mumkin edi, ammo La Liga cheklovlari tufayli buning iloji bo‘lmadi.
Fikrlar