
"Barselona" Albaga o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Barselona" rahbariyati jamoaning chap qanot himoyachisi Xordi Albaga o‘rinbosar topdi.
Jurnalist Xavi Migelning so‘zlariga ko‘ra, kataloniyaliklar “Selta” himoyachisi Xavi Galanni ushbu pozitsiyaga eng munosib nomzod sifatida qarashmoqda.
Manbaga ko‘ra, Jordi mart oyida 33 yoshga to‘ldi, shuning uchun yaqin kelajakda unga yaxshi o‘rinbosar topishga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Qayd etilishicha, “Barselona” oldiga asosiy to‘siq Galanning “Selta” bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi borligidir. Bu borada futbolchilarni o‘zaro almashtirish ehtimoli ham istisno qilinmayapti. Boisi “Selta” va “Barselona” o‘rtasida yaxshi munosabatlar mavjud.
Fikrlar