"Barselona" Alba o‘rniga sobiq tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi

  • 22 fevral, 2022, 09:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Benfika"ning ispaniyalik chap qanot himoyachisi Alexandro Grimaldo o‘zi tarbiya topgan "Barselona"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi Xordi Albaga o‘rinbosar bo‘lishi mumkin bo‘lganlardan biri. Bu borada asosiy nomzod esa “Valensiya” klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Xose Luis Gaia hisoblanadi.

Biroq bundan avvalroq Gaia "Valensiya" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin ekani xabar qilingandi.

Grimaldo joriy mavsumda barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!