
“Barselona”: Agueroning kelishi transferlarning boshlanishi xolos!
“Barselona” prezidenti Joan Laporta “Manchester Siti”da erkin agent sifatida olib kelingan Serxio Aguero bilan ikki yillik bitim tuzilganidan keyin transfer borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Biz Kumanga Agueroni olishga harakat qilishimizni aytgandik. Har qanday murabbiy uni o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi. Serxio ajoyib futbolchi, u o‘ynaydigan pozitsiya har qanday taktik sxemada ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan “Barsa” qo‘llaydigan taktikada ham.
Maqsadimiz raqobatbardosh jamoa shakllantirish va Lionel Messini saqlab qolish. Agueroning kelishi bu yangi transferlarning boshlanishi xolos, - dedi Joan Laporta.
Argentinalik hujumchi ko‘p jihatdan Lionel Messini Kataloniyada qolishga ko‘ndirish uchun olib kelingani aytilmoqda. Chunki bu ikki hujumchi uzoq yillardan beri do‘stlik rishtalarini mustahkamlab kelyapti.
Fikrlar