
"Barsa"ning uzoq kutilgan futbolchisi maydonga qaytdi va darhol gol urdi
"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero jarohatidan tiklandi.
Argentinalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" libosida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Ispaniya 3-ligasi vakili "Kornelya"ga qarshi o‘yinda ishtirok etgan Aguero 30 daqiqa harakat qildi va o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Agar 33 yoshli hujumchi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga boshqa duch kelmasa, yakshanba kuni "Kamp Nou"da "Valensiya"ga qarshi kechadigan o‘yinda debyut qilishi mumkin. Boshqa bir futbolchi Usman Dembele ham jarohatidan forig‘ bo‘lgan, ammo u o‘rtoqlik uchrashuvida o‘ynamadi.
Biroq kataloniyaliklarning boshqa bir vakili Pedri jarohat oldi. Shu tufayli u "ko‘rshapalaklar" va Kievning "Dinamo"siga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. U 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Real"ga qarshi bahsga qadar maydonga qaytishi kutilmoqda.
Fikrlar