
"Barsa"ga yozda zo‘r xavbek keladi
"Barselona" "Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Rafael Gerreyro xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
A Bola nashri ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 26 yoshli portugaliyalik futbolchini chap qanot himoyasida foydalanishmoqchi.
Gerreyro dortmundliklar safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 gol va 5 golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Portugaliyalikning taxminiy transfer narxi 28 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar