
“Barsa”ga sodiq qolmagan futbolchi Gvardiolani ham xafa qildi
Eng iste’dodli yosh futbolchilardan biri Erik Garsiya “Manchester Siti”ni tark etadigan bo‘ldi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning o‘zi xabar berdi.
- Erik Garsiya bizga “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qildi. Uning shartnoma bo‘yicha yana bir yili qoldi. Biz hamkorlikni davom ettirmoqchimiz, u esa ko‘nmadi, - dedi Gvardiola.
Garsiya “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Kataloniyadan ketganida “Manchester Siti” o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi. Ayni paytda kataloniyaliklar 19 yoshli himoyachini yana “Barselona”ga qaytarmoqchi.
Fikrlar