
“Barsa”ga “Real”ning mana shu o‘yinchisini olish kerak!
“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele “Real”dan birinchi bo‘lib qaysi futbolchini Kataloniyaga olib kelish kerakligini aytdi.
Frantsiyalik futbolchining ta’kidlashicha, madridliklarning 37 yoshli pleymeykeri Luka Modrich hamon Xavi Ernandes jamoasini kuchaytirishga qodir.
- “Barselona”ga “Real”ning qaysi futbolchisini olish mumkin? Luka Modrichni. Menga o‘zimizning darvozabon Mark-Andre ter Shtegen yoqadi. Lekin madridliklar posboni Tibo Kurtua ajoyib darvozabon hisoblanadi, - dedi Dembele Marca.
Luka Modrich tez orada “Real” bilan shartnomasini bir yilga uzaytirishi kutilyapti. Xorvatiyalik futbolchi ana shu maqsadda Saudiya Arabistoni klublaridan kelgan mo‘may maoshli takliflarni rad etdi.
Fikrlar