“Barsa”ga o‘taman!

  • 17 noyabr, 2024, 13:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Milan”ning 25 yoshli qanot hujumchisi Rafael Leau yozda faoliyatida jiddiy o‘zgarish qilishni rejalashtirmoqda.

Portugaliyalik futbolchi agentlariga o‘zini “Barselona”ga joylash bo‘yicha ish boshlashni buyurdi. Bu haqda Sport.es sayti ma’lumot tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Barselona” xo‘jayini Joan Laporta ham Leauni Kataloniyaga olib kelishga jiddiy qiziqmoqda. Kataloniyaliklar katta transferni klub bilan do‘stona aloqalarga ega mashhur agent Jorje Mendesh yordamda amalga oshirmoqchi.

“Barselona” o‘tgan yozda “Atletik”dan Niko Uilyamsni transfer qila olmaganidan keyin muzokaralarga katta e’tibor qarata boshlagani aytilmoqda.

Avvalroq, Rafael Leau “Milan”dagi ahvolidan norozi ekani va muhitni o‘zgartirishga qaror qilgani haqida axborotlar tarqatilgan edi. Iste’dodli futbolchi keyingi paytda Italiyada juda ko‘p tanqid qilinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!