
“Barsa” yulduzini kelgan joyiga qaytarmoqchi
“Barselona”ga “Atletiko”dan transfer qilingan Antuan Grizmann yana Madrid klubiga qaytishi kutilmoqda.
Diego Simeoni sobiq shogirdini yozgi transferlar oynasi yopilgunicha o‘z jamoasiga olib kelinishiga rozi. Ayni paytda chempion jamoa to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. “Atletiko” yaqinda “Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlaxovichni transfer qilmoqchi edi, biroq italiyaliklar o‘z to‘purarini 100 million evroga baholagani ularga og‘irlik qildi.
“Barselona”ning o‘zi ham maosh fondini pasaytirish maqsadida 30 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor. Grizmann Kataloniyaga kelganidan beri undan kutilgan barqaror o‘yin namoyish qila olmayapti.
“Barselona” ikki yil muqaddam 120 million evroga xarid qilingan Grizmanni 50 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Fikrlar