
“Barsa” yulduzi bir qarorga kelishi kerak
“Barselona”ning hujumkor futbolchisi Usmon Dembele faoliyatini qaerda davom ettirishi bo‘yicha bir qarorga kelishi kerak.
23 yoshli futbolchi keyingi paytda “Barselona”ning muhim o‘yinchilaridan biriga aylanib bormoqda. Oldingi mavsumlarda jarohatlar tufayli o‘z mahoratini namoyish eta olmagan Dembeleni joriy mavsumda Ronald Kuman asosiy tarkibda o‘ynatmoqda. U yanvar oyida jami sakkizta uchrashuvda qatnashib, bittadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi.
“Barselona” Usmonga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Futbolchining o‘zi yakuniy qarorini 7 martda bo‘ladigan prezidentlik saylovidan keyin bir qarorga kelishini bildirdi.
Usmon Dembeleni Evropaning qator grandlari o‘z safida ko‘rmoqchi. Xususan, “Manchester Yunayted” yozda “Borussiya”dan Jeydon Sanchoni ola bilmasa, uning o‘rniga Usmon Dembeleni taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar