
“Barsa” Xoland uchun qimmat o‘yinchisidan voz kechadi
“Barselona” moliyaviy inqirozdan chiqa olmagan bo‘lsa-da, “Borussiya”dan Erling Xolandni transfer qilish fikridan qaytgani yo‘q. Ular norvegiyalik to‘purarni qo‘lga kiritish uchun turli variantlarni o‘rganib chiqmoqda.
Ular orasida mazkur transferga etarli mablag‘ yig‘ish uchun ayrim o‘yinchilardan voz kechish usuli ham bor.
Marca nashrining yozishicha, kataloniyaliklar qimmatbaho yarim himoyachi Frenki de Yongni sotib yuborishga va uning transferidan keladigan mablag‘ni Xoland uchun to‘planayotgan summaga qo‘shishni istayapti.
Angliyaning bir necha grand klublaridan, xususan, “Manchester Siti”dan taklif olayotgan niderlandiyalik yarim himoyachi 70 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar