"Barsa" Xavini alamli mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqaradimi?

  • 6 aprel, 2023, 17:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" kecha Ispaniya kubogi yarim final bosqichining javob uchrashuvi doirasida azaliy raqib "Real"ga yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng katalon klubi bosh murabbiyi Xavining iste’foga chiqarilishi borasida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. 

Tecno

"Diario Sport" nashrining xabar berishicha, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati qaqshatqich mag‘lubiyatga qaramay mutaxassisga ishonch bildirishda davom etadi. La Liga chempionligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng Xaviga yangi shartnoma taklif qilish ko‘zda tutilgan.

Rahbariyatning fikricha, hozirda bosh murabbiylikka Xavidan yaxshiroq nomzod mavjud emas. Afsonaviy sobiq futbolchi klub falsafasini yaxshi tushunadi va moliyaviy ahvoldan ham to‘la xabardor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!