
“Barsa” va “Manchester Yunayted” de Yong transferi borasida kelishib oldi. Ammo...
“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong yangi mavsumni Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin.
Boisi, “Manchester Yunayted” va “qizil iblislar” rahbariyati gollandiyalik futbolchi transferi borasida kelishib olishdi. Unga ko‘ra, mankunianliklar Frenki uchun Kataloniya klubiga 85 million to‘laydi, deb xabar bermoqda “Mundo Deportivo” nashri.
Ammo 25 yoshli futbolchi sobiq murabbiyi Erik ten Xag qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted”ga o‘tishni istamayapti. Manbaning xabariga ko‘ra, klublar hozirda de Yongni ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Frenki o‘tgan mavsumda kataloniyaliklarning barcha musobaqalar doirasidagi 45 o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Uning “Barsa” bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar