"Barsa" va "Manchester Siti" o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkin

  • 15 iyun, 2021, 13:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va "Manchester Siti" mavsumlar oralig‘ida o‘zaro futbolchilar almashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “ko‘k-anor ranglilar” “shaharliklar”ning qanot himoyachisi Joau Kanselu hamda yarim himoyachisi Bernardu Silvani o‘z safida ko‘rishni istamoqda. “Barsa” ushbu ikki futbolchi evaziga “Siti”ga Serxi Roberto hamda Usmon Dembeleni bermoqchi.

“Manchester Siti”ning portugaliyalik legionerlari “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga tayyor, biroq ispaniyalik va frantsiyalik futbolchilar “Kamp Nou”ni tark etishga rozilik bildirishi so‘roq ostida turibdi.

“Barselona” o‘tgan mavsum La Ligani 3-o‘rinda yakunladi. “Manchester Siti” esa ortda qolgan mavsumda Angliya premer-ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!