
"Barsa" undan qutulish uchun hamma narsaga tayyor!
"Barselona" hamda "Renn" himoyachi Samuel Umtitining transfer shartlarini muhokama qilmoqda.
Frantsuz klubi "ko‘k-anorranglilar" futbolchisini ijaraga olmoqchi. Biroq ular Umtitining maoshining to‘liq qismini qoplashga tayyor emas. Kataloniyaliklar undan qutulish uchun maoshining yarmini to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.
28 yoshli fulbek o‘tgan mavsum La Liga doirasidagi atigi 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ayni vaqtda uning transfer qiymati 1.8 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar