“Barsa” tarbiyalagan futbolchini “Real”dan boshpana so‘radi

  • 14 noyabr, 2022, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya Bundesligasida “Leyptsig” sharafini himoya qilayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Daniel Olmo mavsum yakulanishi bilan erkin agentga aylanadi va o‘ziga boshqa jamoa topishiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Shu bois, futbolchining agentlari uning xizmatini “Real”ga taklif qildi. Bu haqda El Nacional nashri ma’lumot tarqatdi.

Olmo 2007-2014 yillar davomida “Barselona” tizimida tarbiyalangan. Keyinchalik asosiy jamoa safiga qo‘shila olmadi va Zagrebning “Dinamo” klubiga o‘tib ketdi. 2020 yilning boshida “Leyptsig” uni 29 million evro evaziga sotib olgandi.

Olmo joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda uchta gol va to‘rtta assist qayd etdi. Bu natija uning Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionatiga borishini ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!