
“Barsa” rahbari Xolandga qanday va’da berdi?
“Barselona” prezidenti Joan Laporta “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola bilan uchrashdi.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Turin shahrida bo‘lgan uchrashuvda tomonlar norvegiyalik to‘purarning transferini muhokama qilgan. Laporta muzokara davomida Rayoladan Xolandning transfer summasini tushirish imkoniyatlarini gaplashgani aytilmoqda.
Kataloniya klubi rahbari Xoland “Barselona”ga keladigan bo‘lsa, Xavi qurayotgan jamoaning asosiy o‘yinchisi maqomini olishini va’da qilgan.
Qator klublar nishonida turgan norvegiyalik to‘purar joriy mavsumda Bundesligada to‘qqizta uchrashuvda 11 ta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi uchta aniq zarba ham bor.
Fikrlar