“Barsa” olisdagi “yulduzcha”ga katta summa to‘laydi

  • 20 noyabr, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi Braziliyaning “Vasko da Gama” klubi universal hujumchisi Rayanni sotib olishga faol qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ispan grandi allaqachon braziliyaliklarga 19 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha taklif yuborgan. “Ko‘k-anorranglilar” iqtidorli forvard uchun 25 dan 30 million evrogacha to‘lashga tayyor.

Avvalroq, shu yilning sentyabr oyida Rossiyaning “Zenit” jamoasi Rayanni sotib olishga urinib ko‘rgandi, ammo o‘shanda “Vasko da Gama” rad javobini bergan.

2025 yilda Rayan barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ushbu davr mobaynida hujumchi 17 ta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Nufuzli Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, forvardning ayni paytdagi bozor qiymati 18 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!