“Barsa”: Messining vorisiga yangi taklif!

  • 4 sentabr, 2021, 16:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati klub tarbiyalanuvchisi Ansu Fatiga yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilish borasida ish boshladi. 2019 yildan beri asosiy tarkib a’zosi hisoblangan 18 yoshli futbolchi o‘tgan vaqt davomida etakchilik qobiliyatini namoyish eta oldi.

Tecno

Biroq, 2020 yilning noyabr oyida og‘ir jarohat tufayli bir yilga yaqin davolandi. U yaqindagina mashg‘ulotlarga qo‘shildi.

Lionel Messi “Barselona”da o‘ynab yurgan paytda ham Ansu Fatini argentinalik yulduzning bo‘lajak vorisi sifatida e’tirof etishayotgan edi. Messi klubdan ketganidan keyining uning raqamini Fatiga berishgani ham bejiz emas.

10-raqamning yangi egasi ham uzoq yillar “Barselona” bilan birga kurash olib borishga tayyorligini bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!