
“Barsa” Messi transferiga muddat belgiladi
“Barselona” xo‘jayinlari PSJ bilan shartnomasi yakunlanayotgan Lionel Messini Kataloniyaga qaytarish bo‘yicha ishlarni jonlantirdi.
Sport nashri jurnalistlarining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar transferni amalga oshirishning so‘nggi muddatini iyul oyining o‘rtalariga belgiladi.
“Barselona” 19-30 iyul kunlari AQSh bo‘ylab turnega chiqadi. Klub rahbariyati Lionel Messini ham bu safarga jalb qilmoqchi. Shuning uchun ham transfer ishlari jamoa AQShga yo‘l olgunga qadar hal etilishi kerak.
Lionel Messi yaqinda AQSh va Saudiya Arabistonidan bo‘lgan takliflarni rad etdi. 35 yoshli yulduz oldida ikkita – PSJ bilan shartnomani uzaytirish yoki “Barselona”ga ko‘chib o‘tish varianti turibdi.
Fikrlar