“Barsa” manchesterliklarga kerak bo‘lmay qolgan yulduzni tekinga olmoqchi

  • 3 iyun, 2024, 21:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati klubning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, asosan erkin agent maqomidagi taniqli futbolchilarni jamoaga olishga urinmoqda.

Tecno

Kataloniyaliklar bu gal Antoni Marsyalni nishonga oldi. Frantsiyalik mashhur hujumchi “Manchester Yunayted”ga 2015 yili “Monako”dan transfer qilingan edi.

Shu paytga qadar Antoni manchesterliklarning asosiy hujumchisiga aylana olgani yo‘q. Xususan, yakunlangan mavsumda Marsyal 13 ta uchrashuvda qatnashib, atigi bitta gol urdi xolos.

“Manchester Yunayted” mutasaddilari shartnomasi yakunlanayotgan forvardga yangi bitim bermadi.

28 yoshli futbolchi faoliyatini boshqa ligalarda davom ettirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. Unga Italiya va Ispaniya klublaridan qiziqish bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!