
“Barsa” Levandovskiga supertaklif tayyorladi
“Barselona” o‘z safiga to‘purar hujumchi olish maqsadidan qaytgani yo‘q. Kataloniyaliklar kutilmaganda33 yoshli Robert Levandovskiga to‘rt yillik shartnoma tayyorlayotganini bildirdi.
Polshalik hujumchining “Bavariya” bilan amaldagi kelishuvi kelasi yili yozda yakunlanadi. Biroq, Robert mavsum yakunlanishi bilan boshqa chempionatga ketmoqchi. “Bavariya” rahbariyati ham uni 60 million evro evaziga qo‘yib yuborishga qarshi emas.
Ma’lumotlarga qaraganda, Joan Laporta Levandovskining agentlari bilan do‘stona aloqaga ega va hujumchini olishda ularning yordamiga ishonmoqda.
Ta’kidlash joizki, “Barselona” rahbariyati bejizga yulduz darajasidagi o‘yinchiga qiziqayotgani yo‘q. Ular nomdor futbolchi orqali ko‘proq homiylarni jalb qilib, moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilab olishni mo‘ljallayapti.
Fikrlar