
“Barsa” Levandovskiga qancha maosh to‘lashi oshkor bo‘ldi
“Bavariya”dan Kataloniya superklubiga ko‘chib o‘tgan Robert Levandovskining shartnomasiga oid ayrim bandlar oshkor bo‘ldi.
Unga ko‘ra, 33 yoshli to‘purar bir mavsum uchun soliqlarni chiqarib tashlab, hisoblaganda 9 million evro maosh oladi.
“Barselona” Plsha terma jamoasi etakchisi bilan 3+1 tizimida shartnoma imzolaydi. Kataloniyaliklar “Bavariya”ga 45 million evro miqdorida kompensatsiya va yana 5 million evro qo‘shimcha bonus to‘lashi kelishilgan.
Levandovskining “Barselona”ga o‘tishida asosiy xizmatni bajargan agent Pini Zaxavi shartnomaning har bir yili uchun 5 million evrodan haq oladi. Ya’ni, kataloniyaliklar bu agentga jami 20 million evro to‘laydi.
Fikrlar