
“Barsa” Levandovski masalasini hal qildi
“Barselona” mutasaddilari 36 yoshli polshalik to‘purar Robert Levandovskini 2027 yilning yozigacha jamoada olib qolishga qaror qildi.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, tez orada hujumchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha avtomatik tarzda uzaytiriladi. Buning uchun Levandovski joriy mavsumdagi uchrashuvlarning 55 foizida qatnashishi kifoya. Bu muddat tez orada keladi.
Shunga qaramay, Kataloniya klubi xo‘jayinlari Robertga yangi hamkorlik bitimini berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Levandovski va klub mutasaddilarining do‘stona aloqalarga ega ekanini inobatga olgan ekspertlar futbolchini yangi kelishuvga ko‘ndirish hech qanday muammo tug‘dirmasligini ta’kidlamoqda.
“Barselona” 2022 yilning yozida Levandovskining “Bavariya”dan 45 million evroga transfer qilgandi. Joriy mavsumda bu hujumchi samarali o‘yin ko‘rsatmoqda. Robert 34 ta uchrashuvda qatnashib, 32 ta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar