
"Barsa" himoyachisi klubni tark etmoqchi. U Xavidan norozi
"Barselona" futbolchisi Jyul Kunde yozda klubni tark etish haqida o‘ylamoqda, deya xabar berdi insayder Jerrard Romero. U Xavining qarorlaridan norozi.
Gap shundaki, murabbiy frantsuzga mavsum boshida markaziy himoyada o‘ynashiga va’da bergan. Ammo u odatiy o‘ng qanotda himoyachisi sifatida maydonga tushirildi. Shu sababli, Kunde ortiq jamoada qolmoqchi emas. "Barselona" uni 90 million evroga sotishni rejalashtirgan. Hozircha 24 yoshli himoyachiga hech qaysi klubdan taklif kelgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Jyul o‘tgan yozda "Sevilya"dan 50 million evro evaziga sotib olingan. U "Barsa" libosida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar