
"Barsa" futbolchisi nomaqbul ishi uchun uzr so‘radi
Ispaniya La Ligasi 24-turi doirasida "Barselona" va "Espanol" 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekdi.
O‘yindan so‘ng "ko‘k-anorranglilar" himoyachisi Ronald Arauxo raqib jamoadan uzr so‘radi. Bunga sabab, u "Espanol" sha’niga hurmatsiz harakat qilgan. Urugvaylik futbolchi klubning Segundaga tushib ketishiga ishora qilganini tan oldi.
"Qilgan yomon ishim uchun "Espanol"dan kechirim so‘rayman. Bu derbida yuzaga kelgan keskinlik natijasida sodir bo‘ldi. Men raqibni hurmat qilaman va bo‘lib o‘tgan voqeadan afsusdaman",- deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi 22 yoshli himoyachi.
Ma’lumot uchun, 4 ta gol urilgan o‘yinda hakam 3 nafar futbolchini maydondan chetlatdi.
Fikrlar