"Barsa" futbolchilarining maoshlari yana qisqartirilishi mumkin
"Barselona" klub futbolchilari bilan maoshlarini yanada pasaytirilishi haqida muzokaralar boshlamoqchi.
Ispan matbuoti xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchilarning maoshlarini 70 foizgacha qisqartish koronavirus pandemiyasi ortidan kelib chiqadigan moliyaviy yo‘qotishlarni qoplpash uchun etarli deb hisoblashmayapti.
"Barsa" prezidenti klub rahbariyati a’zolaridan virusdan keyingi moliyaviy ahvol haqida haqida hisobot tayyorlashlarini so‘ragan.
As nashriga ko‘ra, hisobotda klub bahslar davom ettirilish yoki bekor qilinishi, muddati, ularni qay tarzda o‘tkazilishi, klub do‘konlariga ishlashi uchun ruhsat berilishi kabi muhim faktorlar hisobga olinishi kerak. Shu sababli uning tayyor bo‘lishi may oyigacha cho‘zilishi mumkin.
Ayni damda klub hozirgi vaziyatni tahlil qilib chiqmoqda. Rahbariyatibu vaqtgacha amalga oshirilgan 70 foizlik maosh qisqartilishi etarli bo‘lmasligi va qayta muzokaralar orqali ko‘proq byudjetni tejab qolishga urinib ko‘rmoqchi.



Fikrlar