
"Barsa" etakchisi Xavi sabab MLSga yo‘l olishi mumkin
"Barselona" markaziy himoyachisi Jerar Pike faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "todofichajes" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ispaniyalik futbolchi Xavi qo‘l ostida asosiy tarkibdagi o‘rnidan xavotirda. U zaxirada o‘tirishni istamaydi. Shunday bo‘lgan taqdirda, Jerar boshqa takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
34 yoshli o‘yinchi karerasini MLSDa davom ettirishi mumkin. Bir necha hafta oldin Pike Bekxem bilan uchrashgan. Devid uni o‘z qo‘l ostidagi "Inter Mayami" klubiga taklif qilgani borasida taxminlar mavjud.
Fikrlar