
«Barsa» Chempionshipdan futbolchi sotib olish niyatida!
Football Insider xabariga ko‘ra, «Barselona» rahbariyati «Chelsi» tarbiyalanuvchisi Yan Maatsenni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Yosh sportchi Chempionshipning «Koventri» klubida ijara asosida to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda Maatsen 20 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt 19 yoshli qanot himoyachisini 1 million evroga baholagan. Yanning shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi.
Fikrlar