"Barsa" APLdan yarim himoyachi olib kelish uchun harakatlarni boshlamoqda

  • 6 mart, 14:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yozgi transfer oynasida "Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraeshni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Braziliyalik futbolchi "Arsenal" va "Manchester Siti" klublarining ham transfer ro‘yxatida bo‘lib turibdi. 
 
"CaughtOffside" nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar uzoq vaqtdan beri Gimaraeshni kuzatib kelgan va uni Frenki de Yong o‘rnini bosuvchi asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. 
 
Manbaga ko‘ra. avvalroq "Barselona" futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq bu borada aniq harakatlar amalga oshirilmagan. Sababi, Frenki "Manchester Yunayted" hamda "Chelsi" qiziqishlariga qaramay, klubda qolgan. 
 
Endi esa "Barselona" Bruno transferi uchun harakatni boshlaydi. Chunki De Yongning shartnomasi 2026 yilda yakunlanadi va klub uning kelajagini aniq hal qilishi kerak. Ushbu transferga faqatgina "ko‘k-anorranglilar"ning moliyaviy muammolari asosiy to‘siq bo‘lishi mumkin. 
 
27 yoshli xavbek joriy mavsum 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 80 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!