Balotelli Turkiya chempionati so‘ngi turida nimalar qildi?

  • 23 may, 2022, 02:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Adana Demispor" klubi hujumchisi Mario Balotelli "Gyoztepe" jamoasiga qarshi o‘yinda penta-trik muallifiga aylandi. (7:0)

Italiyalik futbolchi Turkiya chempionati 38-turidan o‘rin olgan uchrashuvning 33, 36, 44, 61 va 70-daqiqalarida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mario bir golini rabona uslubida kiritdi. 

Umuman olganda, italiyalik forvard Turkiya chempionatida 18 ta gol urgan holda, eng yaxshi to‘purarlar orasida El-Kaabi bilan ikkinchi o‘rinni band etdi. Faqatgina Umut Bozok ulardan ko‘proq gol urishga muvaffaq bo‘lgan. (20 ta) 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!