Balotelli nega uni Italiya terma jamoasiga chaqirmasliklarini aytdi

  • 27 may, 2019, 20:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marsel" klubi forvardi Mario Balotelli Canal+ telekanaliga bergan intervyusida nega uni Italiya terma jamoasiga chaqirishmayotganini izohladi.

Tecno

Uning fikricha bu irqchilik bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

“Nega ular ushbu muammoga qarshi kurashishmayotganini tushunmayapman. Agar men o‘g‘lim bilan stadionda bo‘lsam va u erda kimdir terining rangi tufayli uni haqorat qilsa, meng o‘sha odamni quloqlarini uzib olardim.

Men qandaydir xushtaklar sabab maydonni tark etishim uchun shug‘ullanmayman.

Agar terma jamoaga meni chaqirishmasa, demak ayb menda bo‘ladi. Masalan, “Liverpul”da yaxshi o‘ynolmaganim uchun meni terma jamoaga chaqirishmagan.

Biroq, meni chaqirmasliklariga boshqa sabab ham bor. Bunga mening harakatterim sabab bo‘lishi mumkin. Ular uchun irqchilikka qarshi kurashishdan ko‘ra meni chaqirmaslik osonroq. Yana qaytaraman, terma jamoaga chaqirilmasligim bu faqat mening aybim emas”, - deydi Balotelli.

Ma’lumot uchun, mavsumning ikkinchi qismini “Marsel”da o‘tkazgan hujumchi 15ta o‘yinda 8ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!