
Balotelli "Liverpul" uchun oxirgi 10 yildagi eng omadsiz transfer bo‘lgan
Avvalroq, Liverpool Echo nashri "Liverpul"ning so‘nggi 10 yillikdagi transfer siyosati haqida ma’lumotlar berganligini xabar qilgan edik.
Ushbu davr mobaynida "mersisaydliklar" safini to‘ldirgan 69 nafar futbolchi orasida eng omadsiz transfer sifatida 2014-2016 yillarda "Liverpul"da to‘p tepgan Mario Balotelli qayd etildi. U "qizillar" safida 16 ta bahs o‘tkazib, bitta gol urgan xolos.
Hozirda "Partizan" klubida faoliyat olib borayotgan Lazar Markovich va 2019 yili "Tvente"ni tark etib, klubsiz yurgan Ussama Assaidi Balotellidan keyingi ikkinchi pog‘onani egalladi.
Liverpool Echo reytingida Nuri Shaxin, Yago Aspas, Tiagu Ilori, Adam Bogdan, Luis Alberto va Samed Eshil jamoaning eng omadsiz transferlari ro‘yxatida uchinchi o‘rindan joy oldi.
Fikrlar