Bahrom Haydarov: "Har o‘yindan keyin shunaqa savol"

  • 26 oktabr, 00:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 26-turida muxlislar vodiy derbisiga guvoh bo‘ldilar. Unda “Qo‘qon-1912” “Navbahor”ni qabul qildi.

Tecno

Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va muhim ochkolarni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida qo‘qonliklar ustozi Bahrom Haydarov fikrlarini aytib o‘tdi.

- Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. So‘zim avvalida yurtimiz tinchligini saqlab kelayotgan ichki ishlar xodimlari bayrami bilan tabriklayman. Uchrashuvga kelsak, yaxshi boshladik. Nazorat bizga o‘tdi. To‘g‘ri, ularda ham qarshi hujumlarda imkoniyatlari bo‘ldi. Darvozabonimizga rahmat, 2-3 ta vaziyatda qutqardi. Qizil kartochkadan keyin jamoa biroz bo‘shashdi. Yigitlarni xotirjamlikka chaqirdik. Vazifani bajara olishdi va oxir-oqibat g‘alabaga erishdik. Taktik tomondan o‘zgarishlarni ham qildik. Imkoniyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, bulardan foydalana olmaganimizdan asabiylashdik. Ertaroq gol urganimizda osonroq bo‘lardi. Lekin oxiri g‘alaba bo‘ldi. Ishqibozlarni, rahbariyatni, jamoamni tabriklayman.

- “Navbahor” futbolchilari maydonda kam bo‘lib qolishgani ham g‘alabaga ta’sir qildimi?

- Albatta. Futbolda vaziyatlar har xil bo‘ladi. Bo‘shashib ketish mumkin, ayrim klublar yanada kuchayib ko‘proq gollar urib yuborishi mumkin. Tan olishimiz kerak, “Navbahor”da ham individual mahoratga ega o‘yinchilari bor. Kam bo‘lib qolishganida ham to‘pni nazorat qilishni biladi. Ularni kamchilik qolgani unchalik bilinmadi ham. Biz ham ko‘pchilik bo‘lib qoldik deb hujumga o‘tib ketmadik. Tanlagan taktikamiz bo‘yicha o‘yinni olib bordik.

- Birinchi golni hisoblamadi. Bunga qanday izoh berasiz?

- Hali ko‘rmadim, albatta ko‘rib chiqamiz. Xolto‘raev tegmagan taqdirda ham darvozaga kirib ketayotgandi. Jasur ham gol urishni xohladi. Bunday vaziyatlarda soniyalar hal qiladi. Ofsayd bo‘lgan bo‘lsa, VAR bor, hakamlar bor. Demak, ofsayd ekan-da!

- Muxlislarga yaxshi o‘ynab turgan Toshtemirov va Gadoevni almashtirilishi g‘alati tuyuldi...

- Bilasizku, ikkinchi davrada bizda yaxshigina raqobat paydo bo‘ldi. Yaxshi o‘ynab turgan bo‘lishi mumkin, chunki ishqiboz to‘p bilan muomala qilayotganida uni ko‘radi, xolos. Boshqa epizodlarda, masalan to‘p boshqa zonada bo‘lganida, masalan Gadoev nima qilayotgani yoki Toshtemirovni nima bilan shug‘ullanayotganiga ular ahamiyat bermaydi. Turli vaziyatlar bo‘ladi. Muxlis to‘p qaysi zonada bo‘lsa, o‘sha zonani ko‘radi. Bizda raqobat bor. Shoxruh Gadoevni katta foydasi tegyapti, Asliddin Toshtemirovni ham. Aynan u charchagani uchun o‘zi zaxiraga olishlarini so‘radi. Anasxonni chiqarib yuborsak biroz norozichiliklar bo‘ldi. O‘ylaymizki, o‘rniga maydonga tushganlar - Xusanov, Kondratyuk gollarda ishtirok etishdi, gol urishdi. Xudoim peshonamizga yozgan ekan, yutdik.

- Sizningcha, qaysi jamoa O‘zbekiston chempioni bo‘ladi?

- Har o‘yindan keyin shunaqa savol. “Neftchi”ni taqvimini qaraganda hamma osonroq deb o‘ylayapti. Ularda imkoniyat ko‘proq deyishyapti. Yo‘q, unday emas. “Nasaf”ni OKMK bilan o‘yini bor. Ikkala jamoani imkoniti bir xil. 50\50, yaqqol favorit yo‘q. Menimcha, oxirgi turgacha hal bo‘lmasa kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!