Bahrom Haydarov: "Durangga haqli erishdik"
Superliga 2-turi doirasida "Qo‘qon-1912" klubi Farg‘onada "Neftchi" bilan kuch sinashdi. "Istiqlol" stadionida kechgan uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan nihoyasiga etdi. Bellashuvdan so‘ng qo‘qonliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘z maydonidagi ochilish bahsida barcha jamoa g‘alaba qozongisi keladi. Shu sababli uchrashuv boshidanoq bosim bo‘lishini bilgan holda bunga tayyorgarlik ko‘rgan edik. Birinchi bo‘limda bosimga dosh bera oldik.
Ikkinchi taymda esa himoyaga chuqur chekindik va oqibatda mezbonlarda vaziyatlar ko‘paydi. Shunga qaramay, darvoza daxlsizligin saqlay oldik. Durangga haqli erishdik".
Yurtimizda futbol bayrami davom etadi yoxud bugun Superligada 2-tur boshlanadi



Fikrlar