Bahrayn-2025. 8 nafar bokschimiz finalga yo‘l oldi!

  • 28 oktabr, 20:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Ushbu musobaqa tobora o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda. Bugun boks bo‘yicha yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichga 10 nafar bokschilarimiz etib kelishga edi.

-54 kg vaznda vakilamiz Qumriniso Muhammadova mo‘g‘ilistonlik Amina Azjargalni 4:1 hisobida mag‘lub etib finalga yo‘l oldi;

Bokschimiz Ulbosin Jalgasbaeva -66 kg vaznda qozog‘istonlik Ayaulim Ospanovadan 0:5 hisobida engilib, musobaqani bronza medali bilan yakunladi;

Hamyurtimiz Ibrohim Shokirjonov -60 kg vaznda xitoylik Zang Zengkundan 3:2 hisobida ustun keldi.

Charm qo‘lqop ustamiz Diyorbek Murodilloev -75 kg vaznda qozog‘istonlik Sanjar Matassovga hech qanday imkon qoldirmadi - 5:0;

-50 kg vaznda yurtdoshimiz Nazokat Mardonova hindistonlik Ahana Sharmadan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani uchinchi o‘rinda tugatdi;

Vakilamiz Rushanabonu Isoeva ham finalga yo‘l oldi. -60 kg vaznda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan bahs, xitoylik Vang Jingjingning jangdan bosh tortganligi sababli o‘tkazilmadi;

-75 kg da hamyurtimiz Samira Turg‘unova eronlik Ekta Sahraeidan ustun keldi - 5:0;

Bokschimiz Abdug‘ani Yorqinjonov -46 kg da filippinlik Leo Lobridoga ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi;

Charm qo‘lqop ustamiz Saidxo‘ja Sadillaxo‘jaev -66 kg vaznda eronlik Farzan Ahmadini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi;

Vakilimiz Asadbek Sultonboev +80 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, iroqlik Salih Otmanni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi.

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!